Daryo

Telegram dasturchilar uchun yiliga 1 mln dollar to‘lanadigan vakansiyani e’lon qildi

Tanlov muddati 2025-yil 11-iyulgacha davom etadi

1 daqiqa o‘qish8 908 ko‘rishlar0 izoh0

Telegram asoschisi Pavel Durov o‘zining shaxsiy kanalida messenjer uchun yangi dasturchi izlayotgani haqida e’lon qildi. U taklif qilayotgan lavozim texnologiya sohasidagi eng yuqori maoshli takliflardan biri bo‘lishi mumkin: Durov taklif qilayotgan yillik ish haqi 1 million AQSh dollarini tashkil qiladi.

Foto: “RBK”

Dasturchilik lavozimiga faqatgina maxsus kod yozish tanlovida g‘olib chiqqan ishtirokchi arizasi qabul qilinadi. Tanlov muddati 2025-yil 11-iyulgacha davom etadi. Hozirda Telegram tomonidan tanlov tafsilotlari, texnik topshiriqlar va talablar bo‘yicha maxsus sahifa ham ochilgan. Tanlovda qatnashuvchilarga samarali, tezkor va xavfsiz kod yozish bo‘yicha murakkab vazifalar beriladi.

Telegram dunyo bo‘yicha bir milliarddan ortiq foydalanuvchiga ega va uning xavfsizlik darajasi, tezkor ishlashi ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan yuqori baholanadi. Kompaniya hozirda aynan shu ustunliklarni yanada kuchaytirish ustida ishlamoqda.

Durov ilgari ham o‘z loyihalariga eng yaxshi mutaxassislarni jalb qilish uchun tanlov e’lon qilgan. 2019-yilda u xuddi shunday saralash orqali dasturchilarni ishga olgan.

Avvalroq Durov Telegram’ni videoplatformaga aylantirmoqchi ekanini aytgan edi.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar