Daryo

Mayk Tayson Madrimov—Krouford jangi borasida o‘z fikrlarini bildirdi 

“Madrimov Terens uchun noqulay raqib edi”, — deydi boks afsonasi

1 daqiqa o‘qish256 845 ko‘rishlar0 izoh0

Boks afsonasi Mayk Tayson o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimovning Terens Kroufordga qarshi o‘tgan jangi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Terensning janggiga tashrif buyurdim. U so‘nggi ikki raundda qayta olganidan xursandman. Madrimov u uchun noqulay raqib edi.

Krouford duch kelgan raqib bilan jang qiladi degan gaplarga uncha qo‘shilmayman. Sen keyingi jangingdan mahrum bo‘lmasliging uchun ham yaxshi raqiblarga qarshi ringga ko‘tarilishing lozim. Isroil ringda o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsata oldi. Krouford esa bunga ko‘nikmagandi”, — deydi Tayson.

Madrimovning Terens Kroufordga qarshi jangi 4-avgust kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgandi. Jang amerikalik bokschining ochkolar hisobiga (115-113, 115-113, 116-112) ko‘ra g‘alabasi bilan yakunlangan edi. 

Mayk Taysonning bloger Jeyk Polga qarshi jangi 15-noyabr kuni AQShning Arlington shahridagi A&T arenasida bo‘lib o‘tadi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar