Daryo

O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni qanchaga oshayotgani aytildi  

Mamlakat aholisi 2024-yil boshidan buyon 334,5 ming kishiga ko‘paygan

1 daqiqa o‘qish35 300 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga oshayotgani ma’lum qilindi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-iyul holatiga respublikaning doimiy aholisi 37 134,2 ming kishini tashkil etgan. Doimiy aholi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga oshgan.

O‘zbekiston aholisi 2024-yilning har bir oyida o‘rtacha 55,7 ming kishiga oshgan. 2024-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.

Aholining qariyb 18 million 696 ming nafari erkaklar, 18 million 437 ming nafari ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatning shahar aholisi soni 18,9 million kishini, qishloqlardagi aholisi 18,2 million kishini tashkil etadi.

Agentlik maʼlumotiga ko‘ra, respublika aholisining o‘rtacha yoshi 28,5 yosh bo‘lgan. Taqqoslash uchun, 2014-yilda aholi o‘rtacha yoshi 27,3 yosh edi.

Infografika: Statistika agentligi

O‘zbekistonda mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar umumiy aholi sonining 56,4 foiziga teng. Shu bilan birga, mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar 32 foiz, mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 11,6 foiz.

Doimiy aholi sonining eng ko‘p ulushi Samarqand viloyatida qayd etilgan – 4 million 249 ming nafar. Bu butun O‘zbekiston aholisining 11,4 foizi degani. Shuningdek, Farg‘ona (4,1 million kishi), Qashqadaryoda (3,6 million kishi), Andijon (3,4 million kishi) va Namangan (3,1 million kishi) viloyatlarida nisbatan ko‘p aholi istiqomat qiladi.

Infografika: Statistika agentligi

Doimiy aholisi sonining ulushi eng kam hudud Sirdaryo viloyati bo‘lib, u yerda 922,1 ming kishi yashamoqda. Navoiy (1,1 million kishi), Jizzax (1,5 million kishi), Xorazm (2 million kishi) viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda (2 million kishi) nisbatan kam aholi istiqomat qiladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar