Daryo

O‘zbekistonda 1-sentyabrdan pensiya va nafaqalar 15 foizga oshiriladi 

1-oktyabrdan byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot, maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori 15 foizga oshiriladi

1 daqiqa o‘qish99 528 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi. Bunda:

  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;
  • yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;
  • nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m etib belgilandi.

2024-yil 1-oktyabrdan boshlab byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshiriladi. 

Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshiriladi. Bunda:

  • mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;
  • bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilandi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar