Daryo

Parij—2024. Abdumalik Halokov — Olimpiya o‘yinlari oltin medali sohibi 

Halokov hal qiluvchi bahsda qirg‘izistonlik raqibini mag‘lub etdi

1 daqiqa o‘qish23 177 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.

Foto: MOQ

-57 kg vazn toifasida harakat qiladigan Abdumalik Halokov finalda qirg‘izistonlik Munarbek Seitbek Uuluga qarshi jang qildi.

Birinchi raundda Abdumalik 5:0 hisobida ustun keldi. Ikkinchi raundni ham o‘zbekistonlik bokschi xuddi shunday hisobda yakunladi.

Uchinchi raundda ham raqibiga imkon qoldirmagan Abdumalik Halokov Parij Olimpiadasi oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Abdumalik Halokov dastlabki bosqichda Shvetsiya vakili Nebil Ibrahimga qarshi jang qilib g‘alaba qozongan edi. Ikkinchi jangida esa ispaniyalik Xose Kuiles Brotonsni taslim etgandi. Yarim finalda esa avstraliyalik Charlie Senyorni mag‘lub etgandi. 

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar