Daryo

Parij—2024. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev AQSH vakilini mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 

Mo‘ydinxo‘jayev oltin medal uchun jang qiladi

1 daqiqa o‘qish16 788 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.

Foto: MOQ

-71 kg vazn toifasida harakat qiladigan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev turnirdagi uchinchi jangini AQSH vakili Omari Jonsga qarshi o‘tkazdi. 

Birinchi raund 4:1 hisobida Asadxo‘janing foydasiga hal bo‘ldi. Mo‘ydinxo‘jayev ikkinchi raundni ham o‘ziniki qildi.

Uchinchi raundda ham raqibidan ustun kelgan o‘zbekistonlik bokschi finalga yo‘l oldi.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev musobaqadagi ilk jangini misrlik Omar Elavadiga qarshi o‘tkazib, mutlaq ustunlik qilib g‘alaba qozongan edi. Ikkinchi jangda daniyalik Nikolay Terteryan taslim etilgandi. 

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar