Daryo

Parij—2024. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev yarim finalga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik bokschi chorak finalda daniyalik Nikolay Terteryanni mag‘lubiyatga uchratib Olimpiada medalini naqd qildi

1 daqiqa o‘qish18 986 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.

Foto: Getty Images

-71 kg vazn toifasida harakat qiladigan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev turnirdagi ikkinchi jangini daniyalik Nikolay Terteryanga qarshi o‘tkazdi.

O‘zbekistonlik bokschi birinchi raundda kichik ustunlikka erishdi. Ikkinchi raundda ham Asadxo‘ja ustunlikka erishdi, bu hisobda ham o‘z aksini topdi. Ikkinchi raundda hakamlarning barchasi Asadxo‘jaga 10 ochko taqdim etdi. 

So‘nggi raundda sportchi xotirjamlik bilan jang o‘tkazdi va hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi. Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschi yarim finalga yo‘l oldi. Keyingi bosqichda Asadxo‘ja amerikalik Omari Jonsga qarshi kurashadi. Bahs 6-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev musobaqadagi ilk jangini misrlik Omar Elavadiga qarshi o‘tkazib, mutlaq ustunlik qilib g‘alaba qozongan edi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar