Daryo

Parij—2024. Navbahor Hamidova Olimpiadadagi yurishini to‘xtatdi

Hamidova Xitoy Taypeyi vakiliga imkoniyatni boy berdi

1 daqiqa o‘qish16 590 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.

Foto: MOQ

-66 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Navbahor Hamidova Olimpiadadagi ikkinchi jangini Xitoy Taypeyi vakili Chen Nien-Chinga qarshi o‘tkazdi.

Birinchi raundda Navbahor raqibiga 1:4 hisobida yutqazdi. Ikkinchi raundda esa Hamidova 4:1 hisobida ustun keldi.

Hal qiluvchi raundda esa xitoy taypeyilik bokschi ustunlik qilib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Navbahor bundan oldingi bahsda AQSH vakili Morelle Makkeynni mag‘lub etgandi. 

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar