Daryo

Parij—2024. Navbahor Hamidova AQSH vakilini mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

Navbahor qiyin kechgan jangda g‘alaba qozondi

1 daqiqa o‘qish19 707 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.

-66 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Navbahor Hamidova Olimpiadadagi ilk jangini AQSH vakili Morelle Makkeynga qarshi o‘tkazdi.

Birinchi raund Navbahorning 4:1 hisobidagi ustunligi bilan yakunlandi. Ikkinchi raundda esa AQSH vakili 1:4 hisobida ustunlik qildi.

Hal qiluvchi raundda esa Navbahorning qo‘li baland keldi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Endi u yarim final yo‘llanmasi uchun 3-avgust kuni jang qiladi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar