Daryo

Parij—2024. Sitora Turdibekova nimchorak finalda o‘z ishtirokini yakunladi 

Turdibekova Xitoy Taypeyi vakiliga imkoniyatni boy berdi

1 daqiqa o‘qish20 826 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.

-57 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Sitora Turdibekova Xitoy Taypeyi bokschisi, 2 karra jahon chempioni Lin Yu Tinga qarshi ringga ko‘tarildi. 

1-raund 4:1 hisobida Xitoy Taypeyi vakilining foydasiga hal bo‘ldi. 2-raundda ham Lin Yu Tin ustunlik qildi. 3-raundda ham vaziyat o‘zgarmadi va Sitora Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.

Sitora bundan oldinga bosqichda kongolik Marselat Sakobi Matshuni mag‘lub etgandi. 

Ma’lumot uchun, Turdibekova 2002-yil 20-may kuni Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tavallud topgan. 

Sitora 2021-yil kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2022-yil Toshkentda o‘tgan U-22 qit’a birinchiligida bronza, 2023-yil Bangkok mezbonlik qilgan ayni shu toifadagi chempionatda esa kumush medal sohibiga aylangan. Ko‘rsatgan natijalari evaziga “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar