• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekiston qancha meva–sabzavot eksport qilmoqda? Asosiy ko‘rsatkichlar

    Statistika agentligi O‘zbekistonning 2024-yilning 6 oyi davomida amalga oshirgan eksport va import operatsiyalari bo‘yicha maʼlumot berdi.

    Infografika: Statistika agentligi

    O‘zbekiston 2024-yilning yanvar–iyun oylarida 1 million tonna meva-sabzavot eksport qildi. Mazkur ko‘rsatgich 2023-yilning mos davridagiga nisbatan 45,3 ming tonnaga (4,7 foiz) ko‘p. Eksport qilingan mahsulotlar qiymati esa 607,3 million dollarga yetdi. Bu 2023-yilning mos davridagidan 8 foizga ortiq.

    Infografika: Statistika agentligi

    Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (41,2 foiz), Qozog‘iston (16,8 foiz), Pokiston (15,3 foiz) hamda Xitoy (5,9 foiz) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

    O‘zbekiston yarim yil davomida Rossiyaga umumiy qiymati 250,1 million dollarlik 348,4 ming tonna meva-sabzavot eksportini amalga oshirdi. Qozog‘istonga 101,7 million dollarlik 335,8 ming tonna, Pokistonga 92,7 million dollarlik 89 ming tonna, Xitoyga 35,8 million dollarlik 44,3 ming tonna meva va sabzavot mahsulotlari sotildi.

    Infografika: Statistika agentligi

    Masalan, birinchi yarim yillikda 71,7 million dollar evaziga 33,5 ming tonna gilos va olcha, 47 million dollarga 46 ming tonna o‘rik mevalari eksport qilingan.

    Eksport tarkibida sabzavotlardan 267,4 ming tonna piyoz 53,3 million dollarga, 159,5 ming tonna karam 41,6 million dollarga, 93,6 ming tonna sabzi 23,2 million dollarga sotilgan. Uzum eksporti 6 ming tonna bo‘lib, 5,5 million dollarni tashkil etgan.

    2022–2023-yillardagi ko‘rsatkichlar

    O‘zbekiston 2022-yil yanvar–iyul oylarida jami qiymati 549,2 million dollarlik 968,5 ming tonnadan ziyod meva–sabzavot eksport qilgan. O‘tgan 2023-yilning yanvar–iyul oylarida esa 672,9 million dollarlik meva–sabzavot eksporti amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 22,4 foizga yuqori bo‘lib, jami eksportdagi ulush 4,5 foizni tashkil etgan.

    Infografika: Statistika agentligi

    O‘tgan yilda ham mamlakatning mazkur mahsulotlar savdosida asosiy eksport bozorlari Rossiya (41,8 foiz), Pokiston (14,6 foiz), Qozog‘iston (12 foiz) hamda Qirg‘iziston (9,1 foiz) mamlakatlari bo‘lgan.

    2023-yil yanvar–iyul oylarida meva va sabzavotlar eksportining qiymat jihatidan eng katta hajmi Rossiyaga to‘g‘ri kelgan (41,8 foizi). Bu ko‘rsatkich Pokistonga eksport hajmidan 2,9 barobar ko‘pdir.

    O‘tgan yilning dastlabki 6 oyida shaftoli boshqa mevalarga qaraganda ko‘proq mablag‘ keltirgan. Yarim yil davomida 54,5 million dollarlik 67,6 ming tonna shaftoli eksport qilingan. Shu bilan birga, 52,9 million dollarlik gilos (45 ming tonna), 40,7 million dollarlik o‘rik (63,1 ming tonna), 22,3 million dollarlik (30,1 ming tonna) uzum eksport qilingan.

    Sabzavotlardan 51,9 million dollarlik piyoz (254,7 ming tonna), 33,4 million dollarlik (43,2 ming tonna) pomidor, 21,1 million dollarlik (78,2 min tonna) karam eksport qilingan.

    Eksportdagi umumiy ko‘rsatkichlar

    O‘zbekiston joriy yil yanvar–iyun oylarida salkam 13 milliard dollarlik tovar va xizmatlar eksportini amalga oshirdi. Respublika jahonning 186 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

    Infografika: Statistika agentligi

    Mamlakat bilan Xitoy (18,5 foiz), Rossiya (18,1 foiz), Qozog‘iston (6 foiz), Turkiya (4,5 foiz) va Koreya (3,4 foiz) davlatlari savdo hajmi boshqalarga qaraganda sezilarli ko‘p. Masalan, O‘zbekiston Xitoyga 2022-yilning yanvar–iyun oylarida 1,2 milliard dollarlik, 2023-yilning mos davrida 1 milliard dollarlik, 2024-yilning mos davrida 994,7 million dollarlik mahsulotlar eksport qilgan.

    Rossiyaga 2022-yilning dastlabki 6 oyida 1,2 milliard dollarlik, 2023-yilning 1-yarim yilida 1,3 milliard dollarlik, 2024-yilning yanvar–iyun oylarida 1,7 milliard dollarlik tovar va xizmatlar eksporti amalga oshirilgan.

    Statistika agentligi maʼlumotiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston eksportyorlari soni 5 682 taga yetgan. Ular tomonidan o‘tgan yarim yilda qariyb 8,7 milliard dollarlik (nomonetar oltindan tashqari) tovar va xizmatlar eksport qilingan. Mazkur qiymat 2023-yilning mos davriga nisbatan 10,9 foizga ko‘p.

    23.07.2024, 14:20   Izoh (0)   8865
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda meva va sabzavotlarning o‘rtacha eksport narxlari ma’lum qilindi

    26.05.2024, 10:05

    O‘zbekiston tashqi savdosi: eksportda oltin, importda avtomobil ulushi ko‘p  

    21.06.2024, 17:28

    O‘zbekiston 5 oyda xorijga qancha tonna meva va sabzavot eksport qilgani ochiqlandi

    30.06.2024, 22:55

    O‘zbekiston gaz importini rekord darajada oshirdi 

    23.07.2024, 14:00

    “O‘zbekistonda 1,2 mln o‘quvchi o‘rniga ehtiyoj mavjud” — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi vakili

    22.07.2024, 16:18

    Olti nafar xalqaro investor International mehmonxonasini sotib olishga qiziqish bildirdi 

    22.07.2024, 14:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.