Daryo

UFC Saudi Arabia. Robert Uittaker va Ikram Aliskerov vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi

Saudiya Arabistonida 22-iyun kuni UFC’ning navbatdagi turniri bo‘lib o‘tadi

1 daqiqa o‘qish14 279 ko‘rishlar0 izoh0

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida 22-iyun sanasida UFC Saudi Arabia turniri bo‘lib o‘tadi.

Foto: Getty Images

Turnirning asosiy jangi o‘rta vazn toifasi vakillari Robert Uittaker va Ikram Aliskerov o‘rtasida kechadi. 

Asosiy kard janglari Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

Musobaqa oldidan jangchilar vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi: 

  • Robert Uittaker (84,4 kg) – Ikram Aliskerov (83,5 kg);
  • Sergey Pavlovich (117,9 kg) – Aleksandr Volkov (117 kg);
  • Kelvin Gastelum (83,7 kg) – Daniel Rodriges (83,5 kg);
  • Shara Bullet (84,1 kg) – Antonio Trokoli (84,1 kg);
  • Jonni Uoker (93,4 kg) – Volkan Ozdemir (93,4 kg).

Eslatib o‘tamiz, Robert Uittaker so‘nggi bor fevral oyida oktagonga ko‘tarilgan edi. UFC 298 turnirida Robert Paulo Kosta ustidan g‘alaba qozongan edi.

Aliskerov esa 2023-yilning oktyabrida Varley Alvesni 1-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lub etgandi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar