Daryo

Hasanboy Do‘stmatov WBA chempionlik kamari uchun jang qiladi

Unga tailandlik bokschi raqiblik qiladi

1 daqiqa o‘qish48 838 ko‘rishlar0 izoh0

Birinchi o‘ta yengil vaznda (47,6 kg) jang qiluvchi Hasanboy Do‘stmatov WBA kamari uchun jang qiladi.

Foto: BoxingUzbekistan

WBA tashkiloti minimal vazn toifasida jahon chempioni Tammanu Niyomtrongning navbatdagi himoya jangiga buyruq bergan edi.Tailandlik chempionga o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘stmatov raqiblik qiladi.

Tashkilot fevral oyida ikki tomon kelishuvga erishishi uchun 30 kun muhlat bergan edi. Muddat allaqachon yakuniga yetgan bo‘lsa-da, tashkilotning bu haqida rasman maʼlumoti kechikdi.

Maʼlum bo‘lishicha, Do‘stmatovning jamoasi jangni Olimpiadadan keyin o‘tkazishni so‘rab, iltimosnoma kiritgan. Tashkilot esa bu so‘rovni maʼqullagan.

Niyomtrong jamoasi ham bunga rozi bo‘lgan. Tailandlik bokschi endilikda ixtiyoriy himoya jangini o‘tkazadi. Hasanboy Do‘stmatov hamda tailandlik bokschi o‘rtasidagi jang sanasi hozircha noma’lum.

Ma’lumot uchun

  • Hasanboy Do‘stmatov Rossiyaning Xabarovsk shahri mezbonlik qilgan boks bo‘yicha “Konstantin Korotkov xotira turniri”da g‘alaba qozongan edi.
  • U finalda hamyurti Shahzod Muzaffarovni mag‘lubiyatga uchratdi.
Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar