Daryo

O‘zbekistonning 2 ta oliygohi dunyoning top-1000 talik OTMlari reytingiga kiritildi

Buyuk Britaniyaning xalqaro reyting agentligi QS World University Rankings-2025 natijalarini e’lon qildi

1 daqiqa o‘qish204 805 ko‘rishlar0 izoh3

Buyuk Britaniyaning nufuzli QS Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligi dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi – QS World University Rankings-2025 natijalarini eʼlon qildi. 

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Reytingdan birinchi marta O‘zbekistonning birvarakayiga ikki oliy taʼlim muassasasi – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti 547-o‘rin hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti 781–790-o‘rin bilan munosib joy egalladi.

Qayd etilishicha, TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti “Akademik nufuz” ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 300 ta oliy o‘quv yurtlari qatoriga va Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universitetlar uchligiga kirgan.

O‘zbekiston milliy universiteti “Chet ellik o‘qituvchilar ulushi” ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning 200 ta eng yaxshi universitetlari qatorida bo‘lib, Markaziy Osiyo oliy o‘quv yurtlari orasida ikkinchi o‘rinni qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning oktabrida prezident Shavkat Mirziyoyev 2030-yilgacha oliy ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlovchi qarorga imzo chekkan edi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini ilg‘or universitetlarga aylantirish va ulardagi ta’lim darajasini dunyoning 500 ta eng yaxshi universitetlari qatoriga qo‘shish rejalashtirilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar