Daryo

AQSH gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi

AQSH tezligi sababli aniqlash qiyin bo‘lgan gipertovushli qurollarni sinovdan o‘tkazayotgan yagona davlat emas

1 daqiqa o‘qish11 538 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH harbiy-havo kuchlari Tinch okeanida havodan uchiriladigan gipertovushli AGM-183 ARRW qanotli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Arxiv foto: AP

Sinovlar davomida B-52 bombardimonchi samolyoti Tinch okeanidagi Guam orolini tark etib, gipertovushli qanotli raketani uchirgan. AQSH Harbiy-havo kuchlari sinovni muvaffaqiyatli deb atagan, biroq raketa qanday tezlikda uchganini oshkor qilmagan.

O‘tgan sinovlar davomida AGM-183 ARRW raketasi tovush tezligidan (1191 km/soat) besh barobar tezroq tezlikka erishgan. AQSH tezligi sababli aniqlash qiyin bo‘lgan gipertovushli qurollarni yaratayotgan yagona davlat emas.

Rossiya Ukrainadagi nishonlarga gipertovushli raketalar uchirgan, Xitoy esa gipertovushli qurollarni sinovdan o‘tkazgan, — deydi AQSH harbiylari.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi oktyabr oyida mamlakat bunday qurolni sinovdan o‘tkazganini rad etgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar