Daryo

Hindiston birinchi gipertovushli raketasini sinovdan o‘tkazdi (video)

Raketaning parvoz masofasi 1500 kilometrni tashkil etib, jangovar kallaklarni olib yurishi mumkin

1 daqiqa o‘qish6 486 ko‘rishlar0 izoh0

Hindiston o‘zining birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Rajnat Singx ma’lum qildi.

Foto: Videodan kadr

Raketaning parvoz masofasi 1500 kilometrni tashkil etadi. U har xil turdagi jangovar kallaklarni olib yurishi mumkin.

Hindiston uzoq masofaga uchadigan gipertovushli raketaning parvoz sinovlarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, muhim bosqichga erishdi. Bu tarixiy lahza va bu muhim yutuq mamlakatimizni o‘ta muhim va ilg‘or harbiy texnologiyalarga ega bo‘lgan tanlangan davlatlar qatoriga kiritdi, deydi Hindiston mudofaa vaziri.

Oddiy ballistik raketalardan farqli o‘laroq, gipertovushli raketalar past balandlikda uchadi, nishonga tezroq erishadi va zamonaviy havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirish ehtimoli kamroq.

AQSH, Xitoy va Rossiya gipertovushli qurollarga ega

Hozirgi vaqtda AQSH, Xitoy va Rossiya gipertovush qurollariga ega. Eron, Shimoliy Koreya hukumati, shuningdek, Yaman husiylari ham bunday raketalarni sinovdan o‘tkazganini ma’lum qilgan. Ammo ular armiyalariga foydalanishga topshirilgani haqida ma’lumotlar mavjud emas. Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstraliya va Yaponiya gipertovushli raketalar ishlab chiqish yoki sinovdan o‘tkazishning turli bosqichlarida.

So‘nggi yillarda Hindiston mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirib, AQSH, Yaponiya va Avstraliya, shuningdek, Germaniya bilan hamkorlikni kengaytirmoqda. Gipertovushli raketalarga egalik qilish bunday qurolga ega bo‘lmagan davlatlarga nisbatan strategik ustunlik beradi. Nazariy jihatdan bunday qurolning mavjudligi dushman hududidagi muhim nishonlarga zarba berish qobiliyatini kafolatlaydi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar