Daryo

Abduqodir Husanov muxlislar tomonidan eng yaxshi deb topildi

Himoyachimiz o‘ziga bo‘lgan ishonchni doim oqlamoqda

1 daqiqa o‘qish26 744 ko‘rishlar0 izoh0

“Lans” faoliyatini atroflicha yoritib kelayotgan Lensois sayti har uchrashuvdan keyin jamoaning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash maqsadida o‘ziga xos so‘rovnoma tashkil qiladi. Muxlislar o‘yin tugashi bilan ertasi kuni soat 9:00 gacha ovoz berish yo‘li bilan eng faol futbolchini aniqlaydi.

Foto: Getty Images

“Reyms” va “Lans” o‘rtasidagi o‘yindan keyin tashkil etilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, mazkur uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi nomiga Abduqodir Husanov sazovor bo‘ldi.

Unda hamyurtimiz Abduqodir Husanov 46 foizdan ko‘proq ovoz olgan holda birinchi o‘rinni egallagan. Husanovdan keyingi pog‘onani Frankovski 20 foiz ovoz to‘plagan holda egallab turibdi. Kuchli uchlikni yakunlab bergan Said Ueslida 18 foiz ovoz mavjud.  

Sayt mutaxassislari Abduqodir Husanov haqida iliq fikrlar bildirgan.

“Abduqodir Liga 1 doirasida oltinchi bor maydonga tushdi. Jonatan Gradit o‘rnida o‘ynagan o‘zbek futbolchisi o‘ziga bo‘lgan ishonchni doim oqlamoqda. Bosh murabbiy “Frayburg”ga qarshi o‘yin oldidan himoyachini sinab olayotgan bo‘lishi mumkin”, —deydi sayt eksperti.
Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar