Daryo

Jizzaxda bog‘cha tarbiyalanuvchisi vafot etdi

Holat oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish49 516 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holatga izoh berdi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum bo‘lishicha, 15 fevral kuni Do‘stlik tumanidagi mahallalarning birida joylashgan “N.Sh.” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi nazoratsiz qolishi oqibatida chiqib ketib, vafot etgan.

Holat yuzasidan Do‘stlik tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Xorazmdagi xususiy bog‘chada bolalarga qo‘pollik qilgan tarbiyachi ishdan olingani to‘g‘risida xabar qilingandi. Shuningdek, Namangan viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Chust tumanida bog‘cha bolalarini kaltaklagani tasvirlangan videodagi tarbiyachi yuzasidan ma’lumot berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar