Daryo

Islom Maxachev Oliveyra—Sarukyan jangi g‘olibiga qarshi oktagonga ko‘tariladi 

Dana Uayt Islomning yozda oktagonga qaytishini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish16 222 ko‘rishlar0 izoh0

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev 2024-yilning yozida oktagonga qaytadi.

Bu haqida UFC prezidenti Dana Uayt ma’lum qildi.

Maxachev Charlz Oliveyra va Arman Sarukyan jangi g‘olibiga qarshi jang qiladigan bo‘ldi.

Oliveyra va Sarukyan o‘rtasidagi jang 13-aprel kuni UFC 300 doirasida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Islom ikkala jangchi bilan ham to‘qnash kelgan: 2019-yilda hakamlar qaroriga ko‘ra Sarukyanni mag‘lub etgan bo‘lsa, 2022-yilda Oliveyrani bo‘g‘ish uslubida mag‘lubiyatga uchratgandi. 

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar