Daryo

Maykl Jeksonning charm kurtkasi auksionda 300 ming dollarga sotildi

Jekson ushbu libosni kiygan holatda 1984-yilda, Triller albomining olamshumul muvaffaqiyatidan keyin ichimlik reklamasida ko‘rinish bergan

1 daqiqa o‘qish16 155 ko‘rishlar0 izoh0

Pop musiqasi qiroli Maykl Jeksonning bundan 40 yil ilgari kiygan charm kurtkasi London shahrida o‘tkazilgan kimoshdi savdosida 300 ming AQSH dollariga sotildi.

Foto: Europa Plus

Jekson ushbu libosni kiygan holatda 1984-yilda, Triller albomining olamshumul muvaffaqiyatidan keyin ichimlik reklamasida ko‘rinish bergan. Reklama suratga olinayotgan maydonchada yong‘in kelib chiqqan, oqibatda ijodkor jiddiy kuyish tan jarohatini olgan, xonandaning sochlari ham yonib ketgan.

Foto: Global Look Press 

Mutaxassislar charm kurtkaning 200-400 ming funt sterlingga sotilishini taxmin qilgan edilar. Kimoshdi savdosi Buyuk Britaniyaning Propstore Auction uyi tomonidan tashkil etilgan.

Bu turdagi auksionlar muxlislar va kolleksionerlar eʼtiborini o‘ziga jalb qilishi bejizga emas. Aytishlaricha, noyob lotlar sotiladigan auksionlar ularga musiqa va kinematografiya tarixiga oid artefaktlarga yanada yaqinroq bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar