Daryo

O‘zbekistonda aholiga har kuni sog‘lom turmush tarzi haqida eslatib turiladi

Mobil telefon foydalanuvchilariga kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzi asoslari bo‘yicha har kuni SMS yuboriladi

1 daqiqa o‘qish9 600 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda aholiga har kuni kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzi asoslari bo‘yicha har kuni qisqa xabarlar (SMS) yuborish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmonida belgilangan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, ikki oy muddatda 2024—2026-yillarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanishni tizimli targ‘ib qilish va ommalashtirish dasturi ishlab chiqilishi lozim.

Unda, jumladan, quyidagilar nazarda tutiladi:

  • sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan yiliga 25 tagacha promo-roliklar, dastur va teleko‘rsatuvlar tayyorlash;
  • uyali telefon foydalanuvchilariga kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzi asoslari bo‘yicha har kuni qisqa xabarlar (SMS) yuborish;
  • jurnalistlar va boshqa matbuot vakillari o‘rtasida har yili “Sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha yilning eng yaxshi targ‘ibotchisi” tanlovini o‘tkazish;

Bundan tashqari, bozorlar, samolyot, poyezd, avtobus, metro, supermarketlar va fuqarolar ommaviy yig‘iladigan boshqa joylarda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha roliklar namoyish qilish, radiomaslahatlar taqdim qilish va bukletlar tarqatish ta’minlanadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar