Daryo

Toshkentda 500 mln so‘mlik davlat xaridi bekor qilindi

Xarid “Toshkent don mahsulotlari” AJ buyurtmachiligida bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish15 548 ko‘rishlar0 izoh0

“Toshkent don mahsulotlari” AJ buyurtmachiligida 23-iyun kuni yuk tashish xizmati ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan 500 mln so‘mlik davlat xaridida qator qonun buzilishi holatlari aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, davlat xaridida ishtirok etgan ikki talabgorning hujjatlari xarid komissiyasi raisi va aʼzolari foydalangan qurilma (IP-manzillari bir xil) orqali elektron platformaga yuklangan. Mazkur holatlar bo‘yicha agentlikning taqdimnomasiga binoan AJ tomonidan 2023-yil 24-iyul kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar