Daryo

Turkmaniston prezidenti O‘zbekistondagi elchini lavozimidan oldi

U 2018-yil iyulidan buyon oyida Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchisi edi

1 daqiqa o‘qish20 970 ko‘rishlar0 izoh0

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning farmoni bilan Yazguli Mammedov Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchisi lavozimidan ozod etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Foto: “Dunyo” AA

“Turkmenistan segodnya” davlat axborot agentligining yozishicha, u boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan davlat rahbari tegishli farmonni imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, Yazguli Mammedov 2018-yil iyul oyida O‘zbekistondagi elchi etib tayinlangan edi. Bungacha u Turkmanistonning Malayziya, Bruney-Dorussalom davlati, Indoneziya va Tailanddagi elchisi lavozimlarida ishlagan. Yazguli Mammedov 2012—2018-yillarda Turkmanistonning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonasini boshqargan Shiri Shiriyev o‘rnini egallagan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar