Daryo

Turkmanistonda anomal issiqlik kuzatiladi

Respublikada yaqin kunlarda kuzatiladigan havo harorati ma’lum qilindi

1 daqiqa o‘qish33 584 ko‘rishlar0 izoh0

Turkmanistonda yaqin kunlarda havo harorati keskin ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda “Meteojurnal” xabar berdi.

Foto: RFE/RL

Ma’lum qilinishicha, ayrim hududlarda havo harorati Selsiy bo‘yicha 45 darajagacha qiziydi. 15-iyun kuni Axal, Lebap va Mari viloyatlarida havo harorati 39-44 darajani, qirg‘oqbo‘yi hududlarida 29-34 darajani, boshqa hududlarda esa 37 va 42 darajani tashkil qilmoqda.

16-iyun kuni Bolqon viloyatining qirg‘oqbo‘yi hududlarida havo harorati 31 darajagacha, Axal va Toshhovuz viloyatida 43 darajagacha, sharq va janubi-sharqda 45 darajagacha va boshqa hududlarda 30, 35 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

17-iyun kuni esa Axal va Toshhovuz viloyatlarida havo harorati 3-5 darajaga pasayadi, lekin sharq va janubi-sharqda issiqlik 40 va 45 atrofida saqlanib qoladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar