Daryo

O‘zbekistonda ayrim bog‘cha xodimlarining maoshi oshiriladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu bo‘yicha ma’lumot berdi

1 daqiqa o‘qish16 362 ko‘rishlar0 izoh0

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining maoshi oshiriladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2023-yil 1-maydan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha belgilangan tartib maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun ham tatbiq etiladi.

2024-yil 1-yanvardan boshlab markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati xodimlarining bazaviy tarif stavka miqdorlari 1,5 baravarga oshiriladi. 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtiriladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar