Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 17-aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 20,96 so‘mga ko‘tarilib, 11 441,96 so‘mni tashkil qildi. Yevro 67,73 so‘mga oshib, 12 658,24 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,42 so‘mga ko‘tarilib, 140,37 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi besh kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 11 421 so‘m bo‘lgandi. Yevro 12 590,51 so‘mni, rubl 139,95 so‘mni tashkil qilgandi.
Izoh (0)