Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi xonadonda yuz bergan portlash oqibatida bir oilaning 4 nafar a’zosi vafot etdi. Bu haqda “Ishonch.uz” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 16-aprel kuni “O‘rta Ovul” MFYdagi xonadonda ro‘y bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1996-yilda tug‘ilgan erkak va uning uch nafar farzandi portlashdan so‘ng kelib chiqqan yong‘inda halok bo‘lgan. Uning turmush o‘rtog‘i hamda onasi og‘ir ahvolda shifoxonada qolmoqda.
Qo‘shnilarning aytishicha, voqea sodir bo‘lgan paytda erkak yaqinlarini qutqarishga uringan. U ayoli va onasini derazadan tashqari chiqarib yuborishga ulgurgan, ammo bolalarini qutqarishga harakat qilgan paytda o‘zi ham halok bo‘lgan.
Hozircha holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmadi.
2026-yilning fervalida Qoʻqondagi koʻp qavatli uyda gaz portlagandi. Hodisa oqibatida bir nechta xonadonlarga zarar yetgan, 4 nafar fuqaro turli darajada kuyish tan jarohati olib ulardan biri shifoxonada vafot etgandi. Mutaxassislar tomonidan o‘rganish jarayonida ushbu chaqnash sodir bo‘lgan xonadonda uy egasi gaz plitasidan foydalangan paytda nosoz va nostandart shlangdan foydalangan va bu oxir-oqibat o‘sha katta fojiaga sabab bo‘lgan.


Izohlar
Izoh qoldirish uchun, avval