Daryo

Yevropa Ittifoqi “Tolibon”ning ayollarga nisbatan yangi cheklovlarini qoraladi

Bu ayollar huquqini poymol qilishdan tashqari, hukumatning va’dalariga zid ekani ta’kidlandi

1 daqiqa o‘qish25 130 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Yevropa Ittifoqi (YI) “Tolibon”ning ayollar erkinligiga qo‘ygan yangi cheklovlarini, jumladan, ularning istirohat bog‘lari va sport klublariga kirishini taqiqlaganini qoraladi. Bu haqda Aamaj news xabar berdi.

Foto: Reuters

YI e’lon qilgan bayonotida “Tolibon” harakatini o‘z majburiyatlarini buzganlikda aybladi, ularning yangi cheklovlari “afg‘on ayollari va qizlari huquqlarini qattiq poymol qilishdan tashqari, ularning va’dalariga zid” ekanini bildirdi. “Tolibon”dan Afg‘onistonning xalqaro huquq, xususan, inson huquqlari, qochqinlar huquqlari va gumanitar qonunlar doirasidagi majburiyatlarini hurmat qilish so‘raldi.

Shuningdek, bayonotda “Tolibon”ning 2021-yilgi qoidalari afg‘on ayollarining “ijtimoiy va iqtisodiy hayotning deyarli barcha sohalaridan mahrum bo‘lishiga” sabab bo‘lgani qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida “Tolibon” hukumati ayollarning istirohat bog‘i va sport zallariga tashrif buyurishini taqiqlab qo‘ydi. Bu taqiq afg‘on ayollari uchun anchadan buyon amal qilib kelayotgan boshqa bir qator cheklovlar qatoriga qo‘shildi.

“Tolibon” hukumati ayollarning ishlash va o‘qish huquqlarini cheklab qo‘ygan. Qizlarning maktablarga borishiga va ayollarning ishlashiga ruxsat berilmaydi. Shu bilan birgalikda, qonunlarga ko‘ra, ayollar ko‘chada yuzlarini to‘liq yopishlari kerak va erkaksiz uydan chiqishga haqli emaslar. Hozircha dunyoning hech bir davlati “Tolibon” hukumatini tan olmagan.

Xalqaro hamjamiyatning “Tolibon”ni tan olish sharti mamlakatda inklyuziv hukumatni shakllantirish, shuningdek, ayollar va qizlarning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlashdan iborat bo‘ladi.

Mavzuga doir:

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar