Daryo

Bosh prokuratura Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan ma’lumot berdi

Shifokorlarning xatti-harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan

1 daqiqa o‘qish83 898 ko‘rishlar0 izoh0

“Mitti Vayn” asoschisi Farhod Mannopov 27 yoshida vafot etgani xabar qilingandi. Bosh prokuratura uning vafoti yuzasidan maʼlumot berdi. 

Xabarga ko‘ra, 5-mart kuni 26 yoshli Farhod Mannapov o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin vafot etgani holati yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv doirasida shifokorlarning xatti-harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda Farhod Mannopovning o‘limiga narkozni ko‘p berib yuborish sabab bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan. Qayd etilishicha, Farhod Mannopovning vafot etganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, ish doirasida shifokorlar ushlangani yoki qamoqqa olinganligi haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. 

“Bosh prokuratura jamoasi marhumning yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etib, hamdardlik bildiradi”, deyiladi xabarda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar