Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 18-yanvar kuni kelin-kuyov is gazidan vafot etdi. Bu haqda huquq faoli Abdurahmon Tashanov xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, tun yarmida gaz tarmoqdan uzilgan va qayta yoqilgan. Olov o‘chgach, sizgan gaz tufayli uyqudagi kelin-kuyov zaharlangan. Ular ertalab xonadonida o‘lik holda topilgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, kelin-kuyovning yaqinlari jasadni ko‘mib yuborgan va bu to‘g‘risida huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bermagan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)