Daryo

Qoraqalpog‘istonda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

Voqea joyiga 6 ta o‘t o‘chirish brigadasi jalb qilingan

1 daqiqa o‘qish24 314 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidagi oziq-ovqat do‘konida 16-yanvar kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati

Ma’lum bo‘lishicha shu kuni soat 05:02 da “Madaniyat” mahallasi Mustaqillik ko‘chasidagi “F.Q” MCHJga qarashli yengil konstruksiyali oziq-ovqat do‘konida yong‘in sodir bo‘lgan.

Voqea haqida 101 tezkor raqamiga murojaat kelib tushgach, voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan. Aniqlanishicha, do‘konning 108 metr kvadrat maydoni yonib zararlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanib, yetkazilgan zarar miqdori hisoblab chiqilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar