Daryo

Namanganda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi (video)

Yong‘in yuk mashinasining tormoz qismida nozoslik tufayli yuzaga kelgan

1 daqiqa o‘qish41 516 ko‘rishlar0 izoh0

Namangan viloyatining Pop tumanida yuk mashinasi yonib ketdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Viloyat YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 272-kilometrida yuz bergan. Harakatlanib ketayotgan yuk mashinasining tormoz qismida nozoslik yuzaga kelgani tufayli yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in FVB va Qamchiq maxsus qidiruv qutqaruvchilari tomonidan bartaraf etilgan.

Foto: Namangan viloyati FVB matbuot xizmati
Foto: Namangan viloyati FVB matbuot xizmati
Foto: Namangan viloyati FVB matbuot xizmati

Ayni paytda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar