“O‘zgidromet” 9-yanvar kuni qaysi hududlarda qor yog‘ishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Jumladan, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turishi, kechasi va ertalab yog‘ingarchilik kutilmasligi, tuman tushishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin) bo‘lishi aytilgan.
Dushanba kuni tunda boshlangan qor 10-yanvar kuni poytaxtning barcha hududlarini qalin qilib qopladi. “Daryo” fotomuxbiri ushbu qorli manzaralarni kadrlarga muhrladi.























































































