Parhez va to‘g‘ri ovqatlanish bir xil narsa emas. Ko‘pincha foydali oziq-ovqat tarkibida qo‘shimcha kaloriya borligi xayolga ham kelmaydi. Aslida organizmga zarar yetkaza olmaydigan ko‘plab mahsulotlar vazn kamaytirishga xalaqit berishi mumkin, deb yozadi Marie Claire.

Bo‘tqa

Shuni unutmaslik kerakki, yog‘, shakar, tuz va sutsiz bo‘tqa haqiqatan ham qomatga hech qanday zarar yetkaza olmaydi, lekin suv bilan tayyorlanadigan suli yormasining, rostini aytganda, ta’mi umuman ma’qul kelmasligi aniq. Shuning uchun ushbu foydali mahsulotga murabbo, quyultirilgan sut va boshqa yoqimli elementlar qo‘shilib, vaziyat qiyinlashtiriladi. Bu qo‘shimchalarning barchasi dastlab parhez sifatida ishlab chiqilgan taomga ortiqcha kaloriya beradi. Ma’lum bo‘lishicha, bo‘tqaga qo‘shilgan sariyog‘ ham vazn orttirishi mumkin. Shuning uchun bo‘tqani dolchin, vanil, muskat yong‘og‘i kabi qo‘shimchalar bilan sinab ko‘rish mumkin. Qolaversa, biroz yangi rezavorlar ham zarar qilmaydi.
Yong‘oqlar

Yong‘oqlar eng mazali va yoqimli gazak hisoblanadi, lekin ular haqiqatan ham foydalimi? Albatta, yong‘oqlardan butunlay voz kechib bo‘lmaydi, chunki ular faqat foydali moddalar omboridir: oqsil, yog‘ kislotalari, kletchatka, E vitamini, shuningdek, yurak-qon tomir tizimi uchun zarur bo‘lgan yog‘lar. Ko‘rinib turibdiki, tabiatning bunday mo‘jizasida qanday zarar bo‘lishi mumkin? Aslida, hamma narsa juda oddiy: yong‘oqlar sutli shokoladdan ko‘proq kaloriyani o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, yong‘oqlarning taxminan 80 foizi yog‘dan iborat. 30 gramm yong‘oq 200 kaloriyani o‘z ichiga oladi.
Quruq nonushta

Ushbu mahsulot uzoq vaqtdan beri ratsionda yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Ammo bunday foydali donlardan tashqari, nonushtada shokolad, mayiz va boshqa yuqori kaloriyali mahsulotlar mavjud. Shuni ham unutmangki, ishlab chiqaruvchilar ko‘pincha myusliga shakar yoki uning o‘rnini bosuvchi moddalarni qo‘shadi, chunki shakarning ta’mi deyarli sezilmaydi. Ammo bu vazn uchun zararli bo‘lishi shubhasiz.
Qora shokolad

Olimlar ta’kidlaganidek, qora shokolad ideal qomatga erishish yo‘lida ajoyib yordamchi, bundan tashqari, u xolesterin miqdorini kamaytiradi, ya’ni yurak uchun foydali, soch tuzilishini yaxshilaydi, yuz terisiga ijobiy ta’sir qiladi va kayfiyatni ko‘taradi. Biroq mutlaqo sog‘lom mahsulotning o‘zi mavjud emas, shuning uchun shokoladni ushbu zaruratlar bilan oqlamaslik kerak. Birinchidan, shokolad mazali, shuning uchun uni iste’mol qilish juda oson, qo‘shimcha ravishda uning tarkibida ko‘p miqdordagi shakar va yog‘ mavjud. Agar shakar va yog‘ me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, nafaqat semirib ketish, balki qandli diabet kasalligiga chalinish xavfi ham ortadi.
Meva









