Daryo

2022-yil kriptovalyuta o‘g‘irlashlar soni bo‘yicha rekord yil bo‘ldi

Ilgari xakerlar shaxsiy raqamli hamyonlarni buzishga harakat qilishgan bo‘lsa, so‘nggi oylarda markazlashmagan moliya loyihalari ularning eng keng tarqalgan maqsadiga aylandi

1 daqiqa o‘qish34 017 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: The420

Finbold hisobotiga ko‘ra, joriy yilda kriptovalyutalarni o‘g‘irlashlar soni 9-dekabr holatiga ko‘ra 190 taga yetgan. Bu kriptovalyutani o‘g‘irlashning 132 ta holati qayd etilgan 2021 yilga nisbatan 44 foizga ko‘p va statistika davridagi mutlaq rekorddir.

Foto: The420

Bu yil o‘g‘irlangan mablag‘lar miqdori bo‘yicha ham rekord o‘rnatildi. 23-mart kuni kiber hujumlar oqibatida Ronin loyihasi tarmog‘idan 173,6 ming ethereum va 25,5 USDC stabilkoinlari o‘g‘irlandi. 

Avvalgi rekord 2021-yil avgustida Poly Network platformasini buzib kirgan xaker tomonidan o‘rnatilgan edi. Ushbu ro‘yxatning uchinchi o‘rnida 2022-yil oktabr oyida 570 million dollar yo‘qotishga olib kelgan Binance xakeri joylashgan.

Finbold hisobotida ta’kidlanishicha, kibero‘g‘rilarning o‘g‘riliklarga bo‘lgan yondashuvlari ham vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi. 

Agar ilgari xakerlar shaxsiy raqamli hamyonlarni buzishga harakat qilishgan bo‘lsa, so‘nggi oylarda markazlashmagan moliya loyihalari ularning eng keng tarqalgan maqsadiga aylandi.

Avvalroq dunyoning eng boy kriptomilliarderlari mart oyidan beri 116 mlrd dollar yo‘qotgani haqida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar