Daryo

Dunyoning eng boy kripto milliarderlari mart oyidan beri 116 mlrd dollar yo‘qotdi

Qayd etilishicha, kriptovalyutadan boylik orttirgan 17 ta eng badavlat milliarderdan 15 tasi boyligining yarmidan ko‘pini yo‘qotgan

1 daqiqa o‘qish41 346 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Bloomberg

Dunyodagi eng boy kripto milliarderlari mart oyidan beri jami 116 milliard dollarga yaqin shaxsiy boyliklarini yo‘qotgan. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Qayd etilishicha, kriptovalyutadan boylik orttirgan 17 ta eng badavlat milliarderdan 15 tasi boyliklarining yarmidan ko‘pini yo‘qotgan. Martdan boshlab to‘qqiz oy ichida kripto milliarderlarning boyligi taxminan 116 milliard dollarga kamaydi. 

Binance birjasi asoschisi va bosh direktori Changpeng Chjao bahorda Forbes talqiniga ko‘ra dunyoning eng boy kripto milliarderi edi. Mart oyidan beri tadbirkorning boyligi 65 milliard dollardan 4,5 milliard dollargacha kamaydi. 

Forbes USA nashrining qayd etishicha, Chjao Sem Bankmen-Fridning FTX kriptobirjasi qulashi oqibatlari tufayli boyligini yo‘qotgan.

AQSHning eng yirik kriptovalyuta birjasi bo‘lgan Coinbase asoschisi Brayan Armstrong mart oyidan beri 4,5 milliard dollar yo‘qotdi. 

Gemini kripto birjasiga asos solgan aka-uka Tayler va Kemeron Uinklevoss har biri 2,9 milliard dollardan yo‘qotdi — endi ularning boyligi 1,1 milliard dollarga baholanmoqda. 

Ripple blokcheyn kompaniyasi asoschisi va ijrochi raisi Kris Larsen boyligining deyarli yarmini yo‘qotdi — 4,3 milliard dollardan 2,1 milliard dollarga.

Bundan tashqari yana o‘n nafar kripto milliarder ushbu maqomini yo‘qotdi. 

Foto: Forbes

Kripto sanoatidagi so‘nggi muammolarning asosiy sababi Sam Bankman-Fridning FTX kripto birjasining qulashi bo‘ldi. 

Sobiq milliarder 13-dekabr kuni Bagama orollarida hibsga olingan, biroq 22-dekabr kuni rekord darajadagi 250 million dollar garov evaziga hibsdan ozod etilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar