Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning aytishicha, respublikaga qarshi agressiya boshlanishi mumkinligini inkor etib bo‘lmaydi.
“Mamlakatimizga qarshi tajovuz uyushtirilishi mumkinligini inkor eta olmaymiz. Kamida qo‘shnilarimiz tomonidan bunga tayyorgarlikni ko‘rmoqdamiz. Bularning ortida kim turganini bilamiz... aynan mana shu qo‘shnilar bizning chegaralarimizda keskinlikni keltirib chiqarmoqda” — dedi Lukashenko 22-dekabr kuni Minskda xavfsizlik kuchlari bilan uchrashuvda.
Lukashenko shu munosabat bilan avvalroq har qanday hujumga tezkor javob kuchlari shayligini tekshirishga qaror qilganini eslatdi. “Bizning armiyada tezkor javob kuchlari deb ataladigan kuch bor. Agar kutilmaganda nimadir sodir bo‘lsa, bu kuchlar ma’lum vaqtda ogohlantiriladi va keskinlik mavjud bo‘lgan nuqtaga yuboriladi. Men ushbu tezkor javob kuchlarini tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qildim”, — deya tushuntirdi Lukashenko.
Izoh (0)