Daryo

“Belarus hech qachon Rossiyaning dushmani bo‘lmaydi” — Lukashenko

Prezident Putinning pozitsiyasidan xabardorligini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish15 034 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “TASS”

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarus hech qachon Rossiyaning dushmani bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “TASS”

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, u buni Rossiya rahbari Vladimir Putinning pozitsiyasini bilgan holda, xotirjamlik bilan aytmoqda.

“Hech qachon Rossiyaga dushman bo‘lmaymiz. Bu bizga eng yaqin davlat, eng yaqin xalq. Suveren va mustaqil davlat sifatida Rossiya bilan birgamiz”, — deydi u.

Lukashenko prezidentlar hamfikr bo‘lib, harakatlar rejasini belgilab, 28 ta dasturni imzolagani va ularning birortasi ham respublika suvereniteti va mustaqilligiga daxl qilmasligini ta’kidladi.

Siyosatchi 19-dekabr kuni Minskda Putin bilan muzokaralar chog‘ida nimalarni muhokama qilishini ham ochiqladi, jumladan, u strategik, iqtisodiy sohadagi masalalarni o‘z ichiga oladi.

“Sanksiyalar e’lon qilinib, vaziyatdan chiqish yo‘lini izlashimiz kerak bo‘lganda, ular Belarus tanladi. Bu yuqori texnologiyali mamlakat, u bugungi kunda hayot uchun zarur bo‘lgan hamma narsani ishlab chiqaradi. Xoh bu ikki yoki uch oy ichida bo‘lsin, xoh olti oyda”, — deydi u.

24-noyabr kuni Yevroparlament rezolyutsiya qabul qilib, unda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rejimi Ukrainaga qarshi urushda Rossiya bilan bir xil javobgar ekani keltirib o‘tildi. Shu uchun xalqaro tribunal va xalqaro jinoiy sud oldida javob berishi kerakligi qayd etilgan. Yevroparlament deputatlari YI davlatlari va Yevrokomissiyani Belarusga ham Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llashga chaqirgan.

Mavzuga doir: Lukashenko Rossiya va Belarusga hujum uyushtirilgan taqdirda “Yevropani titratadigan” javob va’da qildi

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar