Daryo

FTX kriptobirjasi asoschisi Bagama orollarida hibsga olindi

Ma’lumotlarga ko‘ra, hibsga olish jarayoni Qo‘shma Shtatlarning talabiga binoan amalga oshirilgan

1 daqiqa o‘qish31 215 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Bagama orollari huquq-tartibot idoralari FTX kriptovalyuta birjasining sobiq bosh direktori va asoschisi Sem Bankmen-Fridni hibsga oldi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Ma’lumotlarga ko‘ra, hibsga olish jarayoni Qo‘shma Shtatlarning talabiga binoan amalga oshirilgan.

AQSHning Nyu-York janubiy okrugi prokurori Demiyen Uilyams Twitter’da hibsga olish “maxfiy ayblov asosida” amalga oshirilganini yozdi. Rasmiylar keyinroq sabablarni ochiqlashni va’da qilmoqda.

The New York Times gazetasining yozishicha, Bankmen-Frid elektron firibgarlik, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq firibgarlik, pul yuvish va jinoiy til biriktirishda ayblanmoqda.

Kriptobirjaning asoschisi ko‘rib chiqilayotgan jinoiy ish bo‘yicha yagona ayblanuvchi hisoblanadi.

Bagama orollarida ro‘yxatga olingan FTX kriptovalyuta birjasining operatori FTX Group 11-noyabr kuni bankrotlik to‘g‘risida ariza bergan. Kuzning boshida biznes 32 milliard dollarga baholangan edi.

Mavzuga doir:

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar