Daryo

Ilon Mask 6 oydan keyin odamlar miyasiga chip o‘rnatish boshlanishini ma’lum qildi

Milliarderning Neuralink kompaniyasi bu chipni allaqachon maymunlarda muvaffaqqiyatli sinovdan o‘tkazgan

1 daqiqa o‘qish22 448 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Neuralink

Milliarder Ilon Mask olti oydan keyin uning Neuralink kompaniyasi miyaga o‘rnatiladigan chiplarni odamlarda klinik sinovdan o‘tkazishini aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: Gagadget

So‘nggi yillarda Neuralink mazkur interfeysni hayvonlarda tajriba o‘tkazgan. Kompaniya uni odamlarda sinab ko‘rish uchun AQSH regulyatoriga ariza topshirgan. Neuralink odamni kompyuterga ulashning yuqori texnologiyasini taklif etadi. Jumladan, operatsiyani bajarish uchun bosh suyagini ochib, miya to‘qimalariga mini-elektrodlarni (chipni) birlashtirish zarur.

Foto: Neuralink

Kompaniya chipning yaroqlilik muddatini uzaytirish ustida ishlamoqda. Bundan tashqari, Neuralink allaqachon ko‘rish qobiliyatini tiklaydigan ko‘z implantlari va orqa miyasi shikastlangan bemorlarning harakatchanligini tiklay oladigan yechimlar ustida ishlamoqda.

Biroq chipning taqdimotida maymun o‘rnatilgan chip orqali kompyuterda matn tera olgani namoyish qilingan. Qurilma neyron impulslarini kompyuter o‘qiy oladigan ma‘lumotlarga aylantirgan.

Kadr: Reuters

Mask bu texnologiya odamlar va texnologik mashinalar o‘rtasida ma’lumot uzatish imkonini berishiga umid qilmoqda. Neuralink implantant juda ixcham, tanga shaklidagi 23×8 millimetrdan iborat. Undan olingan ma’lumotlar megabit tezlikda va 10 metrgacha bo‘lgan diapazonda uzatiladi. Chip batareyasi sutka davomida ishlaydi. U tungi vaqtda magnit zaryadlash moslamasi yordamida quvvatlanadi. Neyrochipni implantatsiya qilish bo‘yicha operatsiya robotlashtirilgan bo‘ladi.

Mavzuga doir:

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar