Daryo

Ilon Mask nima sababdan Twitter foydalanuvchilari soni kamayib borayotganini aytdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Twitter’da soxta akkauntlarni bloklash jarayoni boshlandi

1 daqiqa o‘qish23 688 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Gameblog

Ilon Mask soxta akkauntlarni bloklash boshlangani munosabati bilan Twitter ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari kamayganini ma’lum qildi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida xabar berdi.

Foto: Gameblog
Twitter hozirda ko‘plab soxta va spam akkauntlarni o‘chirib tashlamoqda, shuning uchun sizda obunachilar soni kamayishi mumkin, — deb yozgan Mask.

Ilon Mask Twitter’ni sotib olish bo‘yicha kelishuvni 27-oktabr kuni yakunlab, kompaniya uchun 44 milliard dollar to‘lagan.

Shundan so‘ng, tadbirkor ijtimoiy tarmoq xodimlarining yarmiga yaqinini ishdan bo‘shatdi, qolganlarni esa yuqori intensivlik bilan ishlash kerakligi haqida ogohlantirdi.

OAV xabarlariga ko‘ra, ushbu voqealar fonida platforma faoliyatini saqlab qolish uchun muhim bo‘lgan ko‘plab xodimlar Twitter’ni tark etgan.

Avvalroq Twitter’dan foydalanuvchilar soni oyiga bir milliardga yetishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar