Daryo

Ilon Mask Twitter’ning 4 400 nafar xodimini ogohlantirishsiz ishdan bo‘shatgani aniqlandi

Ular o‘zining ish loginiga kirish huquqidan mahrum bo‘lganidan keyin ishdan bo‘shatilganidan xabar topgan

1 daqiqa o‘qish42 264 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Mask Twitter xodimlarining deyarli 50 foizini ishdan bo‘shatgandan so‘ng, kompaniya yana bir qancha ishchi o‘rnini qisqartirdi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Biroq bu safar to‘liq kunlik ishchi kuchi o‘rniga shartnoma bo‘yicha ishchilar lavozimidan ayrilgan.

Hisobotga ko‘ra, Twitter o‘tgan hafta oxirida taxminan 4 400 nafar shartnoma bo‘yicha ishlaydigan xodimlarini ishdan bo‘shatgan.

Ijtimoiy media platformasining 5 500 nafar shartnoma bo‘yicha ishlaydigan xodimlaridan 4 400 nafari o‘zining ish loginiga kirish huquqidan mahrum bo‘lganidan keyin ishdan bo‘shatilganidan xabar topgan.

Twitter nomidan gapirish huquqiga ega bo‘lmagani uchun ism-sharifini oshkor qilishni istamagan xodimlar, ular hamkorlik qilayotgan pudratchilar bo‘shatilishidan oldin ichki ogohlantirish olmaganini bildirgan.

Shuningdek, hisobotga ko‘ra, Twitter o‘zining umumiy ichki aloqa guruhini ham ishdan bo‘shatgan.

Ushbu bo‘shatishlar Twitter foydasiga amalga oshirilmoqda, chunki kompaniya har kuni katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda.

Avvalroq Twitter Hindistondagi xodimlarining 90 foizdan ortig‘ini ishdan bo‘shatgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar