Davlat statistika qo‘mitasi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 16-noyabr kuni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha edi:
- suyakli mol go‘shti (1 kg) 49 500 — 78 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti (1 kg) 58 000 — 91 000 so‘m;
- kartoshka (1 kg) 2800 — 6000 so‘m;
- piyoz (1 kg) 2000 — 5000 so‘m;
- sabzi (1 kg) 2000 — 5 500 so‘m;
- tuxum (10 dona) 9500 — 17 000 so‘m;
- guruch (1 kg) 6000 — 26 000 so‘m;
- o‘simlik yog‘i (1 l) 16 500 — 30 000 so‘m;
- shakar (1 kg) 12 000 — 17 000 so‘m.
Yuqorida kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilgan bo‘lib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan (supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan).
Mavzuga doir: O‘zbekistonda 23 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari uchun bekor qilingan import boji muddati uzaytirildi
Izoh (0)