Daryo

Afg‘onistonda “Tolibon” harakatini Facebook‘da tanqid qilgan yigit qamoqqa olindi

U harakat vakillari tomonidan qiynoqqa solinayotgani ma’lum qilindi

1 daqiqa o‘qish32 886 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Afg‘onistonning G‘or viloyatida “Tolibon”ning harakatini Facebook’dagi postlarida tanqid qilgan yigit hibsga olindi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Foto: Getty Images

Ma’lum qilinishicha, yigit viloyatdagi tashkilotlardan biriga ishga kirgach, “Tolibon” uning kelib chiqishini tekshirish uchun razvedka boshqarmasiga olib ketdi. Uning Facebook’dagi sahifasi tekshiruvdan o‘tgandan keyin “Tolibon” yigitni qamoqqa oldi.

“U hamon qamoqda va “Tolibon” tomonidan qiynoqqa solinmoqda”, — deya xabar berdi manba.

Afg'onistonda “Tolibon” hokimiyatga qaytganidan beri ko‘plab odamlar ijtimoiy media platformalarida ushbu guruhni tanqid qilgani uchun hibsga olingan va qiynoqqa solingan. Bundan tashqari bir necha kun oldin “Tolibon”ning ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish bo‘yicha adminstratsiyasi vakili Maryam ismli o‘smir qizni unga turmushga chiqishdan bosh tortgani uchun o‘ldirdi. Afg‘onistonda mahalliy ayollarga nisbatan muntazam ravishda taqiqlar joriy qilinmoqda. Ayollarga yuzi ochiq holda va erkak qarindoshining hamrohligisiz ko‘chaga chiqish, shuningdek, muayyan lavozimlarni egallash, jumladan, ommaviy axborot vositalarida ishlash taqiqlangan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar