Daryo

O‘zbekistonda yoz mavsumida cho‘kib o‘lganlar soni ma’lum qilindi

Vafot etganlarning 45,3 foizi voyaga yetmaganlar hisobiga to‘g‘ri kelgan

1 daqiqa o‘qish24 722 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonda 2022-yil yoz mavsumida 142 nafar fuqaro cho‘kish bilan bog‘liq vaziyat tufayli vafot etdi. AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari o‘rinbosari Samandar Hikmatullayev bu haqda ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, baxtsiz hodisalar 51 holatda cho‘milish taqiqlangan, ruxsat etilmagan, cho‘milish uchun sharoit bo‘lmagan, xavfli suv havzalarida cho‘milganlik oqibatida, 85 holatda esa ehtiyotsizlik sabab yuzaga kelgan.

Ushbu cho‘kkanlarning 45,3 foizi voyaga yetmaganlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Ehtiyotsizlik oqibatida yuzaga kelgan 85 kishining cho‘kishi daryolar, kanallar hamda ariqlarning ustidagi suv, gaz, chiqindi oqova suv quvurlaridan yo‘lni qisqartirish maqsadida ko‘prik sifatida foydalanib o‘tishlari hamda suv havzalari qirg‘oq bo‘ylarida xavfsizlik qoidalariga rioya etmagani sababli yuz bergan.

Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar