Daryo

Bir zumda tayyorlanadigan pomidor va yong‘oqli salat retsepti

Uch xil mahsulot yordamida ishtaha ochar salatni tayyorlab ko‘ring

1 daqiqa o‘qish28 620 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Lifehacker nashri taqdim etgan ushbu retseptga ko‘ra, salat o‘zida ajoyib ta’mni uyg‘unlashtiradi hamda juda oson tayyorlanadi.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • piyoz — 2 dona;
  • olma sirkasi — 1 osh qoshiq;
  • pomidor — 2 dona;
  • yong‘oq — bir hovuch;
  • tuz, murch va zaytun moyi.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Piyoz yarim aylana shaklida to‘g‘raladi va tuz, sirka sepib, bir necha daqiqaga qoldiriladi.
  2. Pomidor bo‘laklarga bo‘linadi, yong‘oq maydalanadi.
  3. So‘ngra barcha mahsulot tuz, murch va zaytun moyi qo‘shib aralashtiriladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar