Daryo

Foydali sabzavotlardan yorqin ko‘rinishga ega “Svetofor” salatini tayyorlaymiz

“Svetofor” salatiga o‘zingiz yoqtirgan ko‘katlarni qo‘shishingiz mumkin

1 daqiqa o‘qish17 590 ko‘rishlar0 izoh1

Yorqin ko‘rinishga ega ushbu salat inson organizmiga foydali bo‘lgan sabzavotlardan tayyorlanadi. “Svetofor” salatiga o‘zingiz yoqtirgan ko‘katlarni qo‘shishingiz mumkin.

/> Kerakli masalliqlar:
  • baqlajon — 1 dona
  • piyoz — 1 dona
  • ko‘k piyoz — ta’bga ko‘ra
  • bulg‘or qalampiri — 3 dona
  • sarimsoq — donacha
  • soya qaylasi — 2 qoshiq
  • kungaboqar yog‘i — 6 qoshiq
  • olmali sirka kislotasi — 1 qoshiq
  • kunjut — 1 qoshiq
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • shakar upasi — ta’bga ko‘ra
  • kraxmal — 1 qoshiq
Tayyorlanishi:

Barcha sabzavotlarni yuving. Baqlajonni “zebra” ko‘rinishida tozalang va uchburchak shaklida kesing. Uni kraxmal soling.

Foto: “Lisa.ru”

Piyoz va bulg‘or qalampirini tozalang. Fotosuratda ko‘rsatilganidek, hamma sabzavotlarni uchburchak shaklida kesib oling. Sariq, yashil, qizil rangdagi bulg‘or qalampirini tanlang.

Foto: “Lisa.ru”

Baqlajon, piyoz va bulg‘or qalampirini tovada alohida qilib qovuring(yumshoq holatga kelguniga qadar), har biriga bir osh qoshiq kungaboqar yog‘ini quying. Ko‘k piyoz, sarimsoqni maydalang. Alohida idishda bir osh qoshiq kungaboqar yog‘i, soya qaylasi, tuz, shakar, olmali sirka kislotasi va kunjutni aralashtiring. Piyoz, bulg‘or qalampiri va sarimsoqqa sous qo‘shing. Oxirida qovurilgan baqlajonni qo‘shib aralashtiring.

Foto: “Lisa.ru”

Yoqimli ishtaha!

Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar