Daryo

Oson va tez tayyorlanadigan yogurtli sufle retsepti

Unga o‘zingiz yoqtirgan rezavor mevalarni qo‘shishingiz mumkin

1 daqiqa o‘qish17 566 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Yogurtli sufle nozik ta’mni qadrlovchilar uchun eng yaxshi shirinliklardan biri hisoblanadi. Unga o‘zingiz yoqtirgan rezavor mevalarni qo‘shishingiz mumkin.

Foto: Lifehacker
Kerakli masalliqlar: 
  • sariyog‘ — 2 qoshiq
  • shakar — 50 g va yana ustiga sepish uchun
  • tuxum — 2 dona
  • yogurt — 280 g
  • un — 3 qoshiq
  • tuz — 1 chimdim
  • vanilin — yarim qoshiq
  • limon kislotasi — 1 chimdim
Tayyorlanishi:
  1. Pechni 190 daraja haroratda qizdiring va oldindan oltita qolipni sariyog‘ bilan yog‘lab shakar seping.
  2. Tuxumning sarig‘ini oqidan ajrating. Tuxum sarig‘ini yogurt, un, tuz va vanilin bilan ko‘pirtiring.
  3. Tuxumning oqini limon kislotasi bilan ko‘pirtiring. Unga shakar qo‘shing va qattiq ko‘pirguncha yana 4-5 marta aralashtiring.
  4. Sekin-asta tuxumning oqini yogurt aralashmasiga solib aralashtiring. Qoliplarni massa bilan to‘ldiring va sufleni 15 daqiqa davomida pishiring.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar