Ushbu pishiriq bir vaqtning o‘zida ikkita shirinlikni o‘zida mujassam etadi: mazali shokoladli brauni va xushbo‘y rezavor mevadan tayyorlanadigan chizkeyk. Uni o‘zingiz yoqtirgan mevalar bilan bezatishingiz mumkin.
Shirinlikning malinali qismi uchun kerakli masalliqlar:
- qaymoqli pishloq — 225 g
- tuxum — 1 dona
- shakar — 65 g + 1 choy qoshiq vanilin
- yangi uzilgan yoki muzlatilgan malina — 120 g
- qora shokolad — 170 g
- sariyog‘ — 120 g
- shakar — 110 g
- tuxum — 2 dona
- tuxumning sarig'i — 1 dona
- vanilin — 1 dona
- tuz — 1 choy qoshiq
- un — 70 g
- Pishloqli kremni tuxum, 65 g shakar va vanilin bilan ko‘pirtiring. Malinani 1 osh qoshiq shakar bilan aralashtiring.
- Shokoladni maydalab sariyog‘ qo‘shing va ularni mikroto‘lqinli pechda eritib oling.
- Shokoladni shakar bilan aralashtiring, xona haroratida sovitib oling. Mikser bilan ko‘pirtirganda navbatma-navbat tuxum va uning sarig‘ini qo‘shing.
- Suyuqlik holatiga kelgan mahsulotlarga vanilin, tuz va un qo‘shing, silliq bo‘lguncha aralashtiring.
- Mikroto‘lqinli pechni 175 darajada qizdirib oling. Tayyor bo‘lgan suyuqlikni 25×25 sm o‘lchamli kvadrat shaklida pergament qog‘ozlarga quying.
- Shokoladli xamirni esa qolipga to‘king, ustiga pishloqli krem massasini qo‘ying va malinani terib chiqing. Pirogni 25-30 daqiqa davomida pishiring.
Mavzuga doir: