Daryo

Pechda pishirilmaydigan, tvorog qo‘shib tayyorlanadigan mazali bananli chizkeyk retsepti

Bananli chizkeykka o‘zingiz yoqtirgan mevalarni qo‘shsangiz ham bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish19 142 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Ushu pishiriq shakl jihatidan Amerikaning klassik chizkeyklariga o‘xshamaydi, lekin mazasi uni ortda qoldirishi mumkin. Bananli chizkeykka o‘zingiz yoqtirgan mevalarni qo‘shsangiz ham bo‘ladi.

Foto: Lifehacker
Kerakli masalliqlar:
  • pechenye — 350 g
  • sariyog‘ — 80 g
  • jelatin — 2 choy qoshiq
  • suv — 60 ml
  • banan — 3 dona
  • tvorog — 400 g
  • smetana — 150 g
  • shakar upasi — 150 g
  • ta’bingizga qarab shokolad qo‘shishingiz mumkin
Tayyorlanishi:
  1. Diametri 22-25 sm bo‘lgan pergament qog‘ozini oling.
  2. Pechenyelarni maydalang. Sariyog‘ni eritib, pechenye bilan aralashtiring.
  3. Qolipga quying va bir tekis bo‘lishi uchun qoshiq bilan tekislang. Uni 30-40 daqiqa muzlatgichga qo‘ying.
  4. Jelatinni iliq suvda 15-20 daqiqa yumshatib oling.
  5. Bananlarni vilkalar bilan maydalang. Tvorogni ham aralashtirib mayda bo‘laklarga bo‘ling. Jelatinni mikroto‘lqinli pechda eritib oling.
  6. Tvorog, banan, jelatin, smetana va shakarni aralashtiring. Aralashmani mikser bilan yaxshilab uring.
  7. Agar xohlasangiz, eritilgan shokolad qo‘shing. Massani qolipga to‘king. Uni oziq-ovqat plyonkasi bilan yoping va 4-5 soat davomida muzlatgichga qo‘ying.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar